Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy dunyoni Oyni tadqiq etish bo‘yicha hamkorlikka chaqirmoqda
15:30 / 2019-04-18

Xitoy Oyni tadqiq etish borasidagi o‘z dasturini rivojlantirish doirasida barcha mamlakatlarni "Chan’e-6" kosmik apparati missiyasiga tayyorgarlik ko‘rishda hamkorlikka chaqiradi.


Xitoy Oyni tadqiq etish borasidagi o‘z dasturini rivojlantirish doirasida barcha mamlakatlarni "Chan’e-6" kosmik apparati missiyasiga tayyorgarlik ko‘rishda hamkorlikka chaqiradi. 

RIA Novostining yozishicha, Xitoy Oy dasturi rahbari o‘rinbosari Lyu szichjun "Chan’e-6" kosmik apparati missiyasi” loyihasi taqdimotida mazkur taklifga qiziqish bildirgan mutaxassislar Xitoy tomoniga shu yilning avgust oyi so‘nggiga qadar o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkinligini ma’lum qilgan. 

"Biz xitoylik xususiy korxonalar, institutlar, xalqaro tadqiqot tashkilotlarini loyihada ishtirok etishga chaqiramiz”, degan Lyu szichjun.

Shuningdek, Lyu szichjun missiyaning aniq muddati va "Chan’e-6" kosmik apparatining qo‘nish nuqtasi “hozircha belgilanmaganligini” ham aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Chan’e-6" 4 ta moduldan iborat bo‘ladi. Bular orbitali uchish apparati, qo‘nish moduli hamda parvoz, ortga qaytish modullari. 

Lyu szichjunning bildirishicha "Chan’e-6" missiyasining asosiy vazifasi Oy sathidan namunalar olish va ularni Yerga yetkazish”dir.