Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy dunyodagi eng qudratli dengiz shamol turbinasini ishga tushirdi (+video)
16:59 / 2026-01-19

Xitoyning "Goldwind" kompaniyasi quvvati 20 megavatt bo‘lgan dengiz shamol turbinasini o‘rnatib, qayta tiklanuvchi energetika sohasida yangi rekord o‘rnatdi. Mazkur uskuna quvvati va o‘lchami bo‘yicha hozirgacha ishga tushirilgan eng yirik dengiz shamol loyihasi hisoblanadi. Xitoyning sharqiy qismida, Futszyan sohili yaqinida joylashtirilgan qurilma yaqin oylarda elektr tarmog‘iga ulanishi kutilyapti.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, mazkur generator yiliga taxminan 80 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Natijada  44 000 dan ko‘p xonadon tok bilan ta’minlanadi. Bu har yili 24 000 tonna ko‘mirni tejash, atmosferaga chiqadigan uglerod gazi miqdori 64 000 tonna kamaytirish imkonini beradi.

Loyiha "China Three Gorges Corporation" tomonidan amalga oshirilgan. Turbinaning asosiy qismlari to‘liq Xitoyda ishlab chiqarilgani mamlakatning yuqori texnologiyali energetika uskunalari sohasidagi salohiyati oshib borayotganini ko‘rsatadi. Uskuna rotori diametri 300 metr, uch parrakning har biri 147 metr uzunlikka ega.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu turbina nafaqat yuqori quvvati, balki ishonchliligi, og‘ir ob-havo sharoitida barqaror ishlashi bilan shamol energetikasida yangi standartni belgilaydi.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA