Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib odam tashiydigan dron parvozini tasdiqladi
14:18 / 2025-04-04

Xitoy fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati (CAAC) ikki mahalliy kompaniya – "EHang Holdings" va "Hefei Hey Airlines" jamoasiga uchuvchisiz yo‘lovchi parvozi amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

Endi yangi xizmat – nisbatan past uchadigan parvozlarni taklif qilish mumkin. Hozircha havo taksisi opsiyasi taqiqlangan.

O‘zi uchar qurilmalarning ilk parvozi Guanjou va Xefey shaharlari oralig‘ida amalga oshiriladi. Ayni payt ikkala operator ham havo orqali odam tashish imkoniga ega, biroq jarayonga ayrim cheklovlar bor.

Ikki o‘rindiqli "EHang EH216-S" droni uchun chipta to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatish manzillarida, elektron bronsiz sotiladi. Yo‘nalish qat’iy belgilangan uchish va qo‘nish joylari bilan cheklangan.

Mazkur qurilmalar havoda 25 daqiqagacha qolib, 30 kilometrgacha ucha oladi. Eng yuqori tezlik 130 km/soat, uchish narxi 410 000 dollar.