Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib ikki o‘rinli beshinchi avlod qiruvchi samolyotini yaratdi
11:45 / 2025-07-08

“Military Watch Magazine” nashri yozishicha, Xitoy xalq ozodlik armiyasi Harbiy havo kuchlari beshinchi avlod “J-20” uchog‘i (ehtimol “J-20S” yoki “J-20B”, deb nomlanishi ham mumkin)ni taqdim etdi. Bu ilk bor ushbu avlod samolyoti uchuvchi bilan birga qurol tizimi zobitini joylashtirish qobiliyatiga ega bo‘lganini anglatadi.

Ta’kidlanishicha, “J-20” ishlab chiqilishi kutilayotgan “Dark Sword” uchuvchisiz qiruvchi samolyoti kabi uchoq uchun boshqaruvchi vazifasini bajaradi. Bundan tashqari qator modifikatsiyaga ega elektron hujum samolyotlari va havo-desant qo‘mondonligi manzili sifatida ham foydalanish mumkin.

Hozir qiruvchi samolyotlar Pekin yaqinidagi Xebey muzofotidagi Sanchjou parvoz o‘quv bazasiga joylashtirilgan.  

S.Rahimov, O‘zA