French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy delegatsiyasi Toshkent shahri hokimligida
15:43 / 2023-10-20

Shu kunlarda mamlakatimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasining Anxoy provinsiyasi gubernatori Van Sinsyan boshchiligidagi delegatsiya turli vazirlik, idoralarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Jumladan, Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov bilan uchrashuvda O‘zbekiston – Xitoy munosabati so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgani qayd etildi.

Sh.Umurzoqov ikki davlat rahbarlari tomonidan har tomonlama sheriklikni rag‘batlantirish uchun zamin yaratilayotganini ta’kidladi. Ayni payt Toshkent shahrida Xitoyning ko‘plab korxonalari har ikki xalq farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Mamlakatimizda xorijlik investorlarga qulay shart-sharoit yaratilgan, ularning huquqi, manfaati qonun bilan kafolatlangan.

Van Sinsyan o‘z muzofotining geografiyasi, iqtisodiyoti, ishlab chiqarish imkoniyati, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Ushbu tashrif Prezident Shavkat Mirziyoyevning XXRga tashrifi chog‘ida oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lidagi qadam ekanini ta’kidladi.

Muloqotda Anxoy provinsiyasi va Toshkent shahri o‘rtasida hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshirish, jumladan xitoylik investorlarni jalb etish orqali poytaxtda yangi ishlab chiqarish korxonalari ochish masalalari ko‘rib chiqildi.

G.Sattorova, O‘zA