Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy BRIKS kengayishini qo‘llab-quvvatlamoqda
21:47 / 2022-05-20

Xitoy BRIKSning (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) kengayishi tarafdori. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I BRIKSga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi, – deb yozadi “TASS”.

Qayd etilishicha, Xitoy kengayish bo‘yicha standart va tartiblarni o‘rganish hamda bosqichma-bosqich konsensus yaratishni taklif qilmoqda.

– Bu BRIKS davlatlarining ochiqligini ko‘rsatadi, ularning global ta’sirini oshiradi, dunyo tinchligi, rivojlanishiga yordam beradi, – deydi Van I. – Tashkilotga a’zo mamlakatlar strategik aloqa va hamkorlikni kuchaytirishi, o‘zaro siyosiy ishonch namunasini ko‘rsatishi, “Kuch – birlikda” tamoyilini amalga oshirishda namuna bo‘lishi zarur.