English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Boxay ko‘rfazidagi akvatoriyaning bir qismini yopdi
10:26 / 2022-08-08

Xitoy Tayvan bo‘g‘ozidagi keng ko‘lamli mashg‘ulotdan so‘ng o‘z qirg‘og‘i bo‘ylab bir necha hududda harbiy manyovr o‘tkazishda davom etishi munosabati bilan Sariq dengizning shimoli-g‘arbiy qismidagi Boxay ko‘rfazi akvatoriyasining bir qismini yopdi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Xabarda keltirilishicha, 8 avgust soat 00:00 dan 8 sentyabr 24:00 gacha Boxay dengizining kirish qismida harbiy topshiriq bajarilishi sababli akvatoriyaning bir qismi yopilgan.

Shanba kuni Szyansu provinsiyasi Lyanyungan dengiz xavfsizligi boshqarmasi Xitoy armiyasi 6-15 avgust kunlari Sariq dengizning janubiy qismida jangovar o‘q otish harbiy mashg‘uloti o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.