Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Sirdaryoga tashrif buyurdi
22:47 / 2024-05-15

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hamrohligida bugun Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Sirdaryo tumanida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq mehmonlar dastlab «Peng Sheng» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan Xitoy tajribasi asosida chigit ekilgan maydonlar va yangi barpo qilingan intensiv bog‘ni ko‘zdan kechirdi. So‘ng Sayxunobod tumani Ittifoq mahallasida tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish orqali aholi daromadini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi bilan suhbatlashildi.

[gallery-17429]

Viloyat hokimligi "Qabullar uyi"da o‘tgan uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va tashabbusi bilan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, keyingi yillarda birgina Sirdaryoda Xitoy kompaniyalari sarmoyasi ishtirokida 70 dan ortiq loyiha ishga tushirilgani, viloyatning Xitoy Xalq Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi esa o‘tgan 2023 yilda 336,1 million AQSH dollarini tashkil etgani ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyati va Xitoyning qator provinsiyalari o‘rtasidagi hamkorlikning yanada kengayishi hamda mustahkamlanishiga umid bildirildi. Tomonlar o‘zlarini qiziqtirayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdi.

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari