Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy bir yil ichida avtomobil ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
11:21 / 2024-01-19

Xitoy Xalq Respublikasi avtomobil ishlab chiqarish, xalqaro bozorga eksport qilishda ancha faol. Bugun dunyo Xitoy brendidan keng foydalanyapti. Mamlakatda o‘tgan 2023 yilda avtomobil ishlab chiqarish 30 million 161 ming donaga yetdi. Sotish hajmida ham shunga yaqin ko‘rsatkich qayd etilgan.

Xitoyning “Markaziy xalq radiosi” xabar berishicha, bu statistika mamlakat uchun bir yil ichida ishlab chiqarish va sotish rekord darajaga yetganini anglatadi.  

Xitoy avtomobil sanoati assotsiatsiyasi qayd etishicha, hozirgi vaqtda elektromobillar mashina bozorining muhim qismiga aylandi va eksportning yuqori sur’atlariga erishdi. 2023 yil oxiriga kelib, mamlakatning o‘z brendi Bivaydi (BYD) dunyodagi eng yirik elektr transport vositalari ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylandi.

Bugungi kunda Xitoy, hech shubhasiz, O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri sanaladi. 2023 yil yakuniga ko‘ra, tovar ayirboshlash miqdori 46,8 foizga oshib, rekord darajada 12,2 milliard dollarga yetdi.

Eng yirik elektromobil ishlab chiquvchi “BYD” kompaniyasi yurtimizda o‘z zavodini qurishni boshladi. Loyihaning umumiy qiymati 160 million dollar deb baholanmoqda.

Kelajakda Xitoy dunyodagi eng yirik avtomobil eksport qiluvchi davlatga aylanishni maqsad qilgan.  

 

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA