English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy bilan yangi kelishuvlarga erishildi
18:56 / 2024-01-23

Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Anxoy provinsiyasining Xefey shahrida joylashgan “JAC” yengil va yuk avtomobillarini ishlab chiqaruvchi zavodning innovatsion texnologiyalari va tajribasi bilan tanishdi.

Shuningdek, “Nio” brendining elektromobillarini ishlab chiqarish sikli bilan, global Volkswagen brendi rahbarligida zavodni yaratish va boshqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. 

Tashrif chog‘ida hamkorlik yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunlari bo‘yicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va “JAC” kompaniyasi o‘rtasida Toshkent shahriga investitsiyalar kiritish va sanoat zonasida ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan tegishli kelishuv imzolandi. 

Ayni paytda delegatsiya a’zolarining uchrashuvlari davom etmoqda. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA