Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy bilan turizm sohasida hamkorlik kengaymoqda
14:21 / 2025-12-12

Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Allanov hamda Chanchun shahri Xalq vakillari kengashi raisining o‘rinbosari Chjao Xuey boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekistonning Xitoyda turizm yili” doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Toshkent va Chanchun shaharlari o‘rtasidagi turizm aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish hamda madaniy almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Xitoy bozorida O‘zbekiston jumladan, Toshkent turizm brendini birgalikda targ‘ib etish, B2B formatdagi uchrashuv va taqdimotlarni tashkil etish, Toshkent – Chanchun yo‘nalishi bo‘yicha qulay tur paketlar ishlab chiqish, aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish ustida ishlash borasida so‘z bordi. Toshkent shahrida yangi mehmonxona va turizm infratuzilmasi loyihalariga xitoylik investorlarni jalb etish, madaniyat, san’at, gastronomiya va hunarmandchilik yo‘nalishlarida qo‘shma festival va ko‘rgazmalar tashkil etish, ijodiy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, Toshkent va Chanchunni o‘zaro sayyohlar uchun yanada jozibador yo‘nalishga aylantirish borasida qat’iy intilishlarini bildirdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA