Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy Avstraliyaga iqtisodiy bosim o‘tkazsa, bunga AQSH aralashadi
10:30 / 2021-05-19

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy Avstraliyaga iqtisodiy bosim o‘tkazishda davom etsa, Qo‘shma Shtatlar Avstraliyani yolg‘izlatib qo‘ymasligini ma’lum qildi.

“INTERFAX.RU” xabariga ko‘ra, davlat kotibi bu haqda o‘zining Avstraliya tashqi ishlar mahkamasi rahbari Maris Peyn bilan uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida fikr bildirgan. “Men AQSHning Avstraliyani yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymasligini tasdiqlayman”, dedi Peyn.  

Uning fikricha, Pekinning AQSH ittifoqchilariga bunday siyosati amerika-xitoy munosabatlarining rivojlanishiga xizmat qilmaydi.