Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy AQSHning qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga sanksiya kiritdi
20:54 / 2024-01-08

AQSH bir haftadan keyin saylov o‘tkazish arafasida turgan Tayvanga 300 million dollarlik harbiy yordamni ma’qullaganidan keyin Xitoy Qo‘shma Shtatlarning qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga sanksiya kiritdi.

Pekin o‘zini-o‘zi boshqarayotgan ushbu orol mamlakatni o‘z hududining bir qismi sifatida da’vo qilib keladi va kuch ishlatishni istisno etmaydi. Bunday vaqtda AQSH Tayvanni qo‘llab-quvvatlash pozitsiyasida qoladi. 

Bunday qarshi choralar fonida sanksiyaga uchragan kompaniyaning mulklari muzlatiladi va Xitoydagi kompaniyalar va jismoniy shaxslarga ular bilan hamkorlik qilish man etiladi. Tayvanning amaldagi prezidenti Say Inven tayvanliklar o‘z kelajagini o‘zlari hal qilishi kerakligini aytadi.

Eslatib o‘tamiz, Tayvanda joriy yilning 13 yanvarida prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi.