Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy AQShning Eron bo‘yicha sanksiyalariga qarshi chiqadi
14:20 / 2019-05-08

Xitoy AQShning Eronga nisbatan bir tomonlama sanksiyalariga qarshi chiqadi.


Xitoy AQShning Eronga nisbatan bir tomonlama sanksiyalariga qarshi chiqadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan bayonot berdi.

“Xitoy AQShning Eronga nisbatan bir tomonlama sanksiyalariga qat’iyan qarshi chiqadi. Biz Amerikaning Eron yadroviy dasturi atrofidagi vaziyatni yanada murakkablashtiradigan ushbu tadbiridan afsusdamiz“, degan Gen Shuan. 

Xitoy TIV rasmiy vakilining qo‘shimcha qilishicha, Pekin Erondagi o‘z kompaniyalari manfaatlarini qat’iy himoya qiladi.

Avvalroq, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Tehron “yadroviy kelishuv“ning ba’zi majburiyatlaridan voz kechishi, bu haqda beshta davlat - Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Xitoy va Fransiyaga rasmiy ogohlantiruv yo‘llanganini ma’lum qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Tehronning ushbu reaksiyasiga “kelishuvning boshqa ishtirokchilari, xususan Yevropa Ittifoqining AQSh bosimiga qarshi turishga layoqatsizligi“ sabab bo‘lganini bildirdi. 

Ma’lumki, Eron bilan yadroviy kelishuvga 4 yil oldin erishilgan edi. Hujjatga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashining Eronga qarshi sanksiyalari, AQSh va YeIning bir tomonlama cheklov choralari Tehronning yadroviy ishlanmalarini cheklash evaziga bekor qilinishi lozim bo‘lgan. 

Bir yil oldin AQSh Prezidenti Donald Tramp bir tomonlama tartib asosida kelishuvdan chiqdi va Tehronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Shu bilan birga, Vashington Erondan neft import qiluvchi davlatlarga 1 maydan boshlab jarimalar qo‘llashi haqida ogohlantirdi. 

Dushanba kechasida Oq uy O‘rmuz bo‘g‘oziga havo hujumi guruhi va bombardimonchilar otlanganini ma’lum qildi. Bunga javoban Tehron barcha zaxiralarni safarbar qilishi, shuningdek, neftni sotish uchun “kulrang bozor“dan foydalanib, AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tishini bildirdi.