Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy AQSHni Tayvanga qurol sotishni to‘xtatishga chaqirdi
10:59 / 2022-08-30

Xitoy AQSHdan Tayvanga qurol sotishni to‘xtatishni va Taybey bilan harbiy sohada aloqalardan voz kechishni talab qiladi. Agar shunday qilinmasa mintaqada keskinlik yanada oshib boraveradi, dedi XXRning AQSHdagi elchixonasi rasmiy vakili Lyu Pen’yuy RIA Novostiga.

Bundan avvalroq Politico gazetasi xabardor manbalarga tayanib, AQSH prezidenti Jo Bayden Tayvanga qiymati 1,1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotishni ma’qullashi uchun yaqin kunlarda Kongressga murojaat qilmoqchi ekani haqida yozgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda gap 60 ta kemalarga qarshi AGM-84K Harpoon Block II raketalari va 100 ta  "Havo-havo" sinfidagi AIM-9X Block II Sidewinder raketalari haqida bormoqda.

"AQSHning Tayvanga qurol sotishi “yagona Xitoy” tamoyilini hamda uchta Xitoy - Amerika qo‘shma kommyunikesidagi qoidalarni jiddiy ravishda buzadi, Tayvanning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlayotgan ayirmachi kuchlarga rag‘bat beradi va Tayvan bo‘g‘ozida keskinlikni oshiradi", - dedi Lyu Pen’yuy. Shu sababli  “u AQSHni Tayvanga qurol-yarog‘ sotishni hamda harbiy yo‘nalishdagi har qanday aloqalarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan”, deyiladi xabarda.