Xitoy AQSHni qishki Olimpiada o‘yinlariga e’lon qilgan baykoti oqibatlaridan ogohlantirdi
Xitoy amerikalik siyosatchilarni ikki tomonlama muhim aloqalarga zarar yetkazmaslik uchun Pekindagi qishki Olimpiada o‘yinlariga boykot berishni to‘xtatishga chaqirdi.
“Reuters” xabarida shu hafta AQSH Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qilishi ham eslatilgan.
“Boykotga chaqiruvchilar bu Xitoy va AQSHning muhim sohalardagi munosabatlariga dahl qilishini hisobga olib niyatidan qaytishi lozim. AQSH shunday harakatida qat’iy bo‘lishni ma’qul topsa, Xitoy keskin qarshi choralarni ko‘radi”, dedi tashqi ishlar mahkamasi matbuot kotibi Chjao Litszyan.