Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy AQSHni Pekinni jilovlashga urinishda ayblamoqda
09:24 / 2021-12-21

Qo‘shma Shtatlar hukumati o‘z va’dasiga xilof ish tutib, Tayvandan o‘z maqsadi yo‘lida foydalangan holda Pekinni jilovlashga urinish bilan “Yagona Xitoy” prinsipiga zid harakat qilmoqda.

“REGNUM” xabarida keltirilishicha, Xitoy tashqi ishlar mahkamasi rasmiy vakili Chjao Litszyan brifingda: “Tayvan – Xitoyning bo‘linmas bir qismi, bu – yuridik va tarixiy fakt o‘zgarmasdir. AQSHda esa kimlardir Tayvan vositasida Xitoyni jilovlashga urinmoqda”, dedi u AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivanning Xitoyning go‘yoki buzg‘unchi harakatlari doir bayonotini izohlar ekan.

Litszyan “yagona Xitoy” prinsipi AQSH va Xitoy munosabatining barqaror rivoji uchun siyosiy asos hisoblanishini ta’kidladi.

“Shtatlar o‘z va’dasiga zid tarzda xalqaro munosabatdagi asosiy qoidalarga amal qilmayapti”, deydi tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili.