Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy AQSHga tahdid qildi
17:42 / 2022-08-01

Xitoy hukumati AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurgan taqdirda samarali qarshilik ko‘rsatadi.

Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan ma’lum qildi.
“Pelosining Tayvanga kelishi AQSH tomonidan Xitoyning ichki siyosatiga qo‘pol ravishda aralashish sifatida baholanadi va bu o‘ta og‘ir oqibatlarga olib keladi”, dedi u jurnalistlar uchun brifingda.  

“Xitoy xalq ozodlik armiyasi qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi”.
Diplomatning ta’kidicha, amerikalik spikerning bunday amali Tayvan bo‘g‘ozidagi vaziyatni beqarorlashtirishi va AQSH-Xitoy munosabatiga putur yetkazishi mumkin.
“Xitoy, albatta, bunga qarshi qat’iy va samarali chora ko‘radi”, dedi TIV vakili.