Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy AQSHdan urib tushirilgan havo shari parchalarini qaytarishni so‘ramoqda
14:52 / 2023-02-07

Xitoy hukumati Qo‘shma Shtatlar osmonida Janubiy Karolina viloyatida 4 fevralda urib tushirilgan meteorologik sharning qoldiqlarini talab qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ma’lum qildi.

“Mazkur havo shari AQSHga tegishli emas, u XXRniki. Xitoy o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini qat’iy himoya qilishda davom etadi”, dedi u.

TIV rasmiy vakili yana bir bor Xitoyning uchuvchisiz havo shari faqat fuqarolik maqsadlari uchun mo‘ljallangani va AQSH milliy xavfsizligiga tahdid solmasligiga e’tibor qaratdi.

“CNN” telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, urib tushirilgan havo sharining dastlabki parchasi AQSH Federal qidiruv byurosiga o‘rganish uchun yetkazilgan.  

Aytilishicha, Pentagon havo sharining har qanday ma’lumot to‘plash imkoniyatini cheklash uchun elektron shovqin yaratish vositalaridan foydalangan.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi AQSH rasmiylari havo shari qoldiqlarini to‘plash ishlarini davom ettirmoqda.  

 

O‘zA