Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy – AQSH: tarif mojarosi o‘z yo‘liga, lekin savdo to‘xtamasligi kerak
12:56 / 2025-07-24

Xitoy joriy yil iyun oyida AQSHga 78,9 million dollarlik sabzavot sotdi. Ta’kidlash joiz, bu 2015 yildan beri ushbu oy uchun rekord ko‘rsatkich.

"RIA Novosti" Xitoy bojxona statistikasiga asoslanib yozishicha, iyun oyida yetkazib berish yil boshidan buyon eng ko‘p miqdorni tashkil qilgan. May oyi bilan solishtirilganda eksport qariyb ikki barobar ko‘paygan, o‘tgan yil iyuniga nisbatan esa 16 foiz ijobiy sur’at qayd etilgan.

Aksar hollarda AQSH Xitoydan turli xil aralashma, jumladan quritilgan yoki muzlatilgan sabzavot xarid qiladi.

Iyun oyi hisobotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Xitoydan sabzavot sotib olish hajmi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni band etgan.

O‘tgan oy Chin mamlakati sabzavot eksportini 935,6 million dollargacha oshirdi. Bu may oyidagidan 3 foiz ko‘p, biroq o‘tgan yilga nisbatan 17,7 foiz kam. Eng faol eksportchilar Yaponiya (12 foiz), Vetnam (11 foiz) va Gonkong (10,7 foiz) hisoblanadi.

S.Rahimov, O‘zA