Xitoy AQSH “ertagi”dan hayratga tushmoqda
“RIA Novosti” xabarida keltirilishicha, xitoylik siyosiy sharhlovchi Aleks Lo Vashington yo‘l qo‘ygan keng miqyosli xatolarni sanab o‘tgan.
Uning “South China Morning Post” uchun yozgan maqolasida, jumladan, Vladimir Putinni Rossiyada qo‘llab-quvvatlovchilar Jo Baydenning Shtatlardagi tarafdorlaridan ko‘proq ekani haqida fikr bildirgan.
“Oziq-ovqat mahsulotlari va benzinning qimmatlashuviga duch kelgan amerikaliklar yaqinda Baydendan voz kechadi”, deb taxmin qiladi Lo.
Bundan tashqari, u AQSHning Xitoy bilan munosabatiga doir strategiyasini ham noto‘g‘ri deb hisoblaydi.
Uningcha, Vashington o‘zining global strategik xatosini juda kech anglab, endilikda Rossiya, Xitoy va Eronning do‘stona munosabatiga rahna solmoqchi. Lo Ukrainadagi amaliyot bo‘yicha Pekinning Moskvaga ta’sir o‘tkazishi bo‘yicha “AQSH ertagi”dan hayratga tushishini ta’kidlagan.