Xitoy AQSh bilan savdo muzokaralarini to‘xtatadimi?
“Qo‘shma Shtatlarning Xitoy bilan savdo munosabatlarida endi ortiq milliardlarni sarflash niyati yo‘q”, deb bayonot berdi Oq uy rahbari Donald Tramp o‘zining Twitterdagi sahifasida.
“Qo‘shma Shtatlarning Xitoy bilan savdo munosabatlarida endi ortiq milliardlarni sarflash niyati yo‘q”, deb bayonot berdi Oq uy rahbari Donald Tramp o‘zining Twitterdagi sahifasida.
“Biz Xitoy bilan aloqalarda 500 milliardni yo‘qotamiz. Kechirasiz-u biz bundan buyon bu tarzda davom eta olmaymiz”, deb yozadi amerikalik yetakchi.
REGNUM xabariga ko‘ra, Tramp Xitoy mahsulotlariga 25 foizlik boj belgilanishini aytib bergan shu bayonotidan so‘ng Xitoy tomoni AQSh bilan savdo muzokaralarni to‘xtatish imkonini ko‘rib chiqmoqchi.