Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy AQSH bilan mudofaa vazirlari darajasida uchrashuv o‘tkazishni so‘ramoqda
12:58 / 2022-06-04

Xitoy shu yilning iyun oyida Singapurda AQSH bilan mudofaa vazirliklari rahbarlari darajasida uchrashuv o‘tkazishni so‘radi, deb xabar berdi Reyter agentligi Pentagonning yuqori mansabli vakiliga tayanib.

Xabarda aytilishicha, Amerika tomoni Pekin vakillari bilan aloqa qilish davomida e’tiborni ikki mamlakat o‘rtasida “raqobatni boshqarish”ga qaratish masalasini ko‘tarmoqchi.

10-12 iyun kunlari Singapurda  Osiyo-Tinchummoni mintaqasida xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan "Shangri-La muloqot", deb nomlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjumanda bir necha o‘n mamlakatlar delegatsiyalari hamda yetakchi mamlakatlarning  mudofaa sohasidagi rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Bundan avvalroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin forumda xitoylik hamkasbi Vey Fenxe bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken esa AQSHning Xitoyga nisbatan olib borayotgan siyosatiga to‘xtalar ekan, Vashington Pekinni “uzoq muddatli eng jiddiy tahdid” deb baholashini aytgandi.