Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy AQSH bilan hamkorlik qilish tarafdori
18:47 / 2023-03-13

Xitoy va AQSH hamkorlik qilishi kerak, bir-birini tiyib turishga va bosim o‘tkazishga urinish hech bir tomonga foyda keltirmaydi, deb bayonot berdi XXR Davlat kengashi rahbari Li Syan dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

“Xitoy va AQSH hamkorlik qilishi mumkin, Xitoy va AQSH hamkorlik qilishi kerak, Xitoy va AQSH hamkorlik qilish uchun ulkan salohiyatga ega, bir-birini tiyishga va o‘zaro bosim o‘tkazishga  urinish hech bir tomonga foyda bermaydi”, – dedi u jurnalistlarga.  

Uning ta’kidlashicha, Xitoy va AQSH iqtisodiy aloqalari uzilishi mavzusi vaqti-vaqti bilan qizitib turiladi, lekin ushbu gap-so‘zlardan yakunda kim foyda ko‘rishi, tushunarsiz.    

Uning aytishicha, ikki mamlakat iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi, shu bois bir tomonning taraqqiyoti narigi tomon uchun ham foydalidir.