English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy AQSH bilan barqaror va sog‘lom munosabatdan manfaatdor
13:23 / 2023-07-20

XXR AQSHga tahdid solish yoki mamlakatni xalqaro maydondan siqib chiqarishga urinayotgani yo‘q, dedi Xitoyning Vashingtondagi elchisi Se Fen.

“Xitoy AQSHni poygada ortda qoldirish emas, balki rivojlantirishga intilmoqda. Biz hali taraqqiy etishimiz kerak”, – dedi diplomat Aspen instituti xavfsizlik masalasiga bag‘ishlab tashkil etgan forumda.

Ta’kidlanishicha, yaqinda Xitoy raisi Si Szinpin AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda “ikki mamlakat birgalikda rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun dunyo yetarlicha keng”, degandi.

“Xitoy har doim AQSH bilan barqaror va sog‘lom munosabat o‘rnatishni xohlaydi”, – deya qo‘shimcha qilgan elchi. Uning ta’kidlashicha, Pekin AQSH bilan raqobatga kirishish bahonasida texnika yoki savdo urushiga intilayotgani yo‘q.