English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy 2030 yil Oyga odam jo‘natadi
11:28 / 2023-07-12

Xitoy 2030 yilga kelib Oyga odam yuborishni rejalashtirmoqda, maqsad Yerning tabiiy yo‘ldoshi yuzasida ilmiy-tadqiqot o‘tkazish, dedi chorshanba kuni XXR fazoviy parvoz dasturi boshqarmasi bosh muhandisi o‘rinbosari Chjan Xaylyan.

“Mamlakatimiz 2030 yilgacha Oyga odam jo‘natishni niyat qilgan, shundan keyin tabiiy yo‘ldoshimiz yuzasida sinov stansiyasi qurish va tizimli, uzluksiz tadqiqot olib borish, texnik tajriba amalga oshirishni boshlaymiz”, – deydi mutaxassis. Uning so‘zlarini “Chjungo jibao” gazetasi keltirgan.

Ta’kidlanishicha, Oyga odam jo‘natishda ikkita raketa-tashuvchidan foydalaniladi. Chjan Xaylyan ma’lum qilishicha, bu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun xitoylik tadqiqotchilar yangi texnika, jumladan, “Chanchjen-10” raketa-tashuvchi, odam boshqaradigan yangi avlod fazo kemasi va lunoxod, Oyga qo‘nadigan modul yaratish ustida ish olib borishyapti.