Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy 16-yo‘nalishni ishga tushirdi
17:12 / 2022-04-22

Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Sian shahridan Germaniyaning Mangeym shahriga aralash yuk tashish maqsadida yangi temir yo‘l ishga tushirildi.

 Bu haqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 42 konteyner ortilgan birinchi poyezd aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida jo‘nagan. Bu Yevropadagi logistika markazlari tomon 16-yo‘nalishdir.
11,3 ming kilometrga teng trassa manzilga yetib borguncha Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, shuningdek Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini, Kaspiy va Qora dengizni kesib o‘tadi.

Xitoy logistika kompaniyalari ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil Shandun provinsiyasida Xitoy - Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha 1800 dan ziyod eshelon qayd etilgan. O‘shanda Germaniya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan 2020 yilga nisbatan 15,1 foiz ortib, 278,5 milliard dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yil Xitoy – Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha Sian shahridan ilk tarkib qo‘yilgan edi. 2022 yil birinchi chorakda ko‘hna qit’aga jami 790 yuk poyezdi yuborilgan. 

O‘zA