Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xirmon moʻl-koʻl boʻladi...
15:20 / 2020-06-04

Oʻrilgan donni tashishga 955 ta texnika vositasi, yana 73 ta yoqilgʻi tashishga moʻljallangan avtomashinalar hozirlangan.


Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov boshchiligidagi mutasaddilar, hudud sektorlari, qishloq xoʻjaligiga aloqador korxona-tashkilotlar rahbarlari vohaning eng chekka hududi hisoblanmish Qorovulbozor tumanida boʻldi.

U yerda hududning “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat yuritib kelayotgan peshqadam va koʻp tarmoqli “Alisher Marjona” fermer xoʻjaligining bogʻida tashkil etilgan gʻalla hosilini oʻrib-yigʻib olishga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Viloyat rahbari taʼkidlaganidek, bu yil vohada bevosita gʻallachilikka ixtisoslashtirilgan 2860 ta fermer xoʻjaligi tasarrufidagi 60 ming 600 gektar maydonda bugʻdoy yetishtirilib, davlat shartnoma rejasiga muvofiq 179 ming 683 tonna gʻalla olish uchun mardonavor mehnat qilindi. Joylarda tashkil etilgan mexanizatsiyalashtirilgan otryadlardagi “Case”, “Class” “Claass Dominator”, “Nyu Holland”, “Viktor” rusumli jami 191 ta kombayn shay holga keltirilgan.

Oʻrilgan donni tashishga 955 ta texnika vositasi, yana 73 ta yoqilgʻi tashishga moʻljallangan avtomashinalar hozirlangan.

Yuqori unumli kombaynlarning 45 tasi tumanning dala-yerlarida oʻrimni yigʻishtirishda xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, Vobkent tumanining choʻlquvarlar tumanidagi alohida gʻalla maydoniga ega 24 ta kombayn joriy mavsumdagi ishini toʻliq boshladi.

Bu yil hududdagi “Navbahor”, “Jarqoq” va “Boʻzachi” mahalla fuqarolar yigʻinlarida bevosita gʻallachilikka ixtisoslashgan 147 ta fermer xoʻjaligining 5 ming 525 gektarida asosan “Starshina” navli yetishtirilgan sara bugʻdoy hosilini sifatli oʻrib, saranjomlab olishga yetarlicha don tashuvchi avtomashinalar, yoqilgʻi taʼminoti va texnik xizmat koʻrsatuvchilar, ichki ishlar hamda yongʻin xavfsizligi xodimlari jalb etilgan. Maqsad mirishkor fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoladigan hosildan tashqari shartnoma rejasida belgilangan 13 ming 858 tonna sara donni davlat omboriga kiritishdan iboratdir. Buning uchun hududdagi “Qorovulbozor” hamda “Jarqoq” don qabul qilish maskanlarida yetarli shart-sharoit mavjud.

Gʻalla xirmoniga hissa qoʻshadigan har bir kombayn operatoriga 1 million soʻmdan boʻnak puli, 50 kilogramm un, 10 kilogramm oʻsimlik yogʻi, yana oziq-ovqat mahsulotlari berilgan.

“Navbahor” MFYdagi “Istiqlol”, “Egamobod”, “Davronbobo”, “Fazo-BZSH”, “Boʻzachi” MFY dagi “Dilorom Dilbar”, “Nurali Shahlo”, “Zamir Amon”, “Farmon bobo”, “Jarqoq” MFY dagi “Malika Mahmud”, “Muhsin Islombek Bilolbek”, “Nazokat Pari Mardon Mirzo” kabi oʻnlab fermer xoʻjaliklarida oʻrimning birinchi kunidan koʻzlangan xirmonni bunyod etishga qizgʻin kirishildi.