Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xeyli ilk bor praymerizda Trampni ortda qoldirdi
15:05 / 2024-03-04

AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli Kolumbiya okrugida respublikachilar partiyasidan nomzod ko‘rsatish poygasida yetakchilik qilmoqda, deb xabar tarqatdi NBC telekanali.

Hisob-kitobga qaraganda, Xeyli poytaxt saylov okrugida yaqqol ustunlikka ega bo‘lib, saylovchilarning 63 foizi uni qo‘llab-quvvatlagan. Raqib – AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp esa 33 foiz ovoz olib sezilarli ravishda ortda qolmoqda.

Tramp praymerizning bir necha bosqichida g‘olib chiqqach, uning raqiblari “o‘yin”dan chiqishga qaror qilishdi. Endi faqat Nikki Xeyli munosib raqib sifatida baholanmoqda.