Termizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashining “Eng faol deputat” ko‘rik tanlovi viloyat bosqichi yakunlandi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan tanlovda Xalq demokratik partiyasidan tuman kengashlariga saylangan deputatlar aholi murojaatlarini hal etishning eng samarali yo‘li, siyosiy hozirjavoblik va jamiyatda duch kelgan muammoni hal etish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar, shuningdek, saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarining ishtirokini kuchaytirishda faolligi va yuksak siyosiy bilimi va tashkilotchilik qobiliyatini namoyish etdi.



Ko‘rik tanlov yakunida xalq deputatlari Denov tuman kengashi deputati B.Xidirov faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkita ikkinchi o‘rin Qumqo‘rg‘on va Termiz tuman kengashi deputatlari O.Abdullayev va S.Saidovlarga nasib etdi. Uchta uchinchi o‘rinni Bandixon tumanidan I.Xolmatov, Sherobod tumani kengashi deputati L.Xakimova, Jarqo‘rg‘on tumanidan A.Toshpo‘latov egalladi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri