French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XDP: partiya vakillari va deputatlar paxta dalasida
11:05 / 2025-10-09

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Qorao‘zak tumanida “Hormang, paxtakorlar!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda yurtimiz bo‘ylab paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda. Dehqonlarimizning tinimsiz mehnati tufayli yetishtirilgan paxtani o‘z vaqtida sepilmasdan terib-yig‘ib olish muhimdir. Dastlab Qorao‘zak tumani markazidagi ko‘chalar bo‘ylab partiyaning Damas avtomashinasida audio ovoz orqali fuqarolarni paxta terimiga faol qatnashishga chaqiruvchi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Shundan so‘ng, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi rahbari va mas’ul xodimlari, deputatlar A. Dosnazarov ovuli fuqarolar yig‘ini hududidagi “Niyat Zamir” fermer xo‘jaligining paxta dalalarida bo‘lib, terimchilar bilan suhbatlashishdi va terimga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Bu yerda terimchilarga sharoitlar yaratilgan, tushlikka issiq ovqat, terilgan har bir kilogramm paxta uchun esa 2 ming so‘mdan o‘sha kunning o‘zida berilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Halilla Yeshimbetov paxta terimida faol ishtirok etayotgan terimchilarga tashakkur aytib, hosilni qisqa muddatda sifatli yig‘ib olish g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Ilg‘or terimchilarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir Qorao‘zak tumani Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etib, terimchilarga o‘zgacha zavqu shavq bag‘ishladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA