French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XDP: ishonchli vakil uchrashuvlari davom etmoqda
16:17 / 2023-06-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Farg‘ona viloyatidagi ishonchli vakili, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbarxon Mamajonova joylarda saylovchilar bilan uchrashmoqda.

Unda nomzodning faoliyati hamda uning saylovoldi dasturida belgilangan asosiy maqsad va vazifalar haqida so‘z yuritilmoqda. Qo‘shtepa tumanida bo‘lib o‘tgan  uchrashuvda  ishonchli vakil   yig‘ilganlarga nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan tashabbuslar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Xususan, dasturda nazarda tutilgan ehtiyojmand shaxslarga ajratilayotgan moddiy-ijtimoiy yordam mablag‘larining manzilli va maqsadli yetib borishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari, pensionerlarning hayot darajasini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtaldi. Mazkur tashabbusning amalga oshirilishi odamlarning farovon hayot kechirishlariga zamin yaratishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturida bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘naltirilganligi va eng avvalo, jamiyat manfaatlari himoyasiga qaratilganligiga e’tibor qaratdilar. Jumladan, ish bilan ta’minlanmagan aholi bandligini ta’minlash, sanoat, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish masalalari e’tirof etildi. Nomzodning dasturini qo‘llab-quvvatlab, muhim siyosiy jarayonda barchani faol bo‘lishga chaqirdi.

M.Sulaymonov, O‘zA