Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XDP: “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
15:25 / 2025-12-24

Nukusda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

“Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil, yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovining asosiy maqsadi “O‘zbekiston-2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining partiya saylovoldi dasturiga  taalluqli bandlari ijrosini ta’minlashda mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari ish samaradorligini oshirish, partiyaning saylovoldi dastur ijrosini ta’minlashda barcha darajadagi deputatlik korpusi salohiyatini takomillashtirishdir.  

Ko‘rik-tanlovda shahar va tuman bosqichlari g‘oliblari 3 ta shart, ya’ni, aholi muammosini hal etishning eng samarali yo‘li, siyosiy hozirjavoblik, muammoni hal qilish shartlari bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini sinovdan o‘tkazishdi.

[gallery-26879]

Hakamlar hay’atining baholash natijasi bo‘yicha xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi deputati Nargiza Primbetova birinchi o‘rinni egaladi va tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.  

Ikkita ikkinchi o‘rinni xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashi deputati Xamza Abdijaliyev va xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashi deputati Timur Jusipov, uchta uchinchi o‘rinni xalq deputatlari Nukus tuman Kengashi deputati Raxat Purxanov, xalq deputatlari Qonliko‘l tuman Kengashi deputati Hurliman Otambetova va xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi deputati Yusupbay Abdisadikovlar qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, qolgan ishtirokchilar nominatsiyalar bo‘yicha  taqdirlanishdi.  

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari berildi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari