Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“X”da videoqo‘ng‘iroqlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi
19:48 / 2023-10-26

“Twitter” rebrendingi natijasida yaratilgan “X” ijtimoiy tarmog‘ida yangi funksiya ishga tushirildi. Endi unda audio va videoqo‘ng‘iroqlardan foydalanish mumkin.

“X” tarmog‘i Bosh direktori Linda Yakkarino bu o‘zgarish haqida avgust oyida ma’lum qilgan edi. Ko‘rinib turibdiki, “X” Ilon Mask rahbarligida bitta ilovada yanada ko‘proq funksiyalarni taqdim qilmoqchi.  

Ayrimlar uchun audio va videoqo‘ng‘iroqlar imkoniyati juda yaxshi yangilik, ammo xavotirga soladigan bir jihat bor: qo‘ng‘iroq funksiyasi ishlanmaga muvofiq yoqilgan. Agar siz “X” tarmog‘idagi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishni istamasangiz, unda shaxsiy xabarlar sozlamasiga kirib, uni o‘chirib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, sizga kimlar, ya’ni tekshirilgan akkauntlar yoki faqatgina obunachilar qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini tanlashingiz ham mumkin.  

Roman BONDARCHUK tayyorladi, 
O‘zA.