Xalq bankining “xazna” mobil ilovasi ishga tushganiga uch yil bo‘ldi. Qisqa muddat ichida ilova 9 milliondan ortiq foydalanuvchilarning ishonchli hamkoriga aylangan. O‘tgan davr mobaynida ilova mamlakatdagi eng mashhur raqamli moliyaviy xizmatlardan biriga aylanishga erishdi.
“xazna” orqali kundalik moliyaviy ehtiyojlarni hal qilish endi bir necha soniyani oladi. Siz kommunal va davlat to‘lovlarini amalga oshirishingiz, ijtimoiy nafaqalarni qabul qilishingiz, kartalar o‘rtasida mablag‘ o‘tkazishingiz, kredit va depozit operatsiyalarini bajarishingiz mumkin – bularning barchasi tezkor, qulay va xavfsiz. Bundan tashqari, ilova foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni ham taqdim etadi: ta’lim kreditlarini onlayn rasmiylashtirish, KATM xizmatlarining to‘liq “xazna”ga integratsiya qilinishi, JBPT mablag‘lari bo‘yicha kirim-chiqimlarni boshqarish, 30 dan ortiq xalqaro imtihon to‘lovlarini qoplab berish, 400 dan ortiq yo‘nalishlarda “xazna Avia” orqali chipta xarid qilish shular jumlasidan. Foydalanuvchilar sonining yil sayin ortib borishi ilovaning qulayligi va barqaror ishlashini yana bir bor tasdiqlaydi.
So‘nggi uch yil ichida ilova doimiy rivojlandi: yangi xizmatlar qo‘shildi, tranzaksiyalar tezligi oshirildi, xavfsizlik protokollari kuchaytirildi. Shaxsni tasdiqlash va ma’lumotlarni kiritish jarayoni zamonaviy standartlarga moslashtirilgan va barcha operatsiyalar ishonchli himoya ostida amalga oshiriladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0YWe0ewScLM" title="“Хazna”: sizning tezkor va xavfsiz moliyaviy hamkoringiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Xalq banki foydalanuvchilarning ishonchi va doimiy hamkorligi uchun minnatdorlik bildiradi. Kelajakda “xazna” xizmatlar doirasini yanada kengaytirib, foydalanuvchilarga qulay, samarali va xavfsiz moliyaviy boshqaruvni taqdim etishda davom etadi.
Reklama huquqi asosida