English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorovga TURKSOY medali topshirildi
16:56 / 2023-09-22

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY va Farg‘ona viloyati o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda.

Turkiy davlatlar xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy va boshqa jabhalarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 11-15 iyul kunlari Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. 

Ayni kunlarda Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tayotgan ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida viloyatda “Turkiy dunyo opera kunlari” hamda “Turkiy dunyo moda haftaligi” tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sultanbay Rayev ishtirok etayotir. 

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda turkiy davlatlar o‘rtasida san’at va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOYning medali topshirildi. 

M.Sulaymonov, O‘zA