Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorov xalqaro festivalga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi
11:00 / 2022-03-24

Qo‘qon shahrida joriy yil sentyabr oyida Ikkinchi xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi. Ayni kunlarda nufuzli anjumanga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida Qo‘qon shahrida bo‘lib, festivaliga hozirlik jarayonlari bilan tanishdi. Festivalning asosiy tadbirlari O‘rda maydonida o‘tkaziladi. Viloyat rahbari hududni obodonlashtirish, lotoklarni tartibga keltirish, landshaft rejasini ishlab chiqqan holda daraxtlar sonini ko‘paytirish, sahna konsepsiyasini takomillashtirish, qayta bezash ishlarini boshlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi, O‘rda maydoni kirishi tarixiylikni aks ettirishi kerakligiga e’tibor qaratdi. 

Xayrullo Bozorov Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori Manzura Mansurova tomonidan bildirilgan Qo‘qon shahrida o‘lkashunoslik muzeyini tashkil qilish taklifini ma’qulladi, muzey loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi. Loyiha ma’qullangandan so‘ng muzeyni barpo etishga mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi. Shahardagi sobiq “Baxt uyi” majmuasida festivalga tayyorgarlik ko‘rish shtabi faoliyati bilan tanishildi. 

Shu joyda Qo‘qonning 2022 yilda Turkiy dunyo turizm poytaxti maqomini olishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, Qo‘qon shahrida tashkil etilayotgan Furqat bog‘i loyihasi ham ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari loyihani qayta ishlash, bog‘ni aholi madaniy xordiq chiqaradigan so‘lim go‘shaga aylantirish uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Har bir tizim rahbariga ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.  

M. Sulaymonov, O‘zA