Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorov: «Tanqid qasddan qilinmay, o‘rinli, asosli bo‘lsa to‘g‘ri qabul qilaman»
12:59 / 2021-12-20

Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi holatlarning bo‘rttirib ko‘rsatilayotgani meni hayron qoldiradi. Maktablarni bir ko‘ring.

bugungi kunda biz farzandlarimizni ishlamaydigan, dangasa qilib tarbiyalayapmiz. Ularga oddiy bir yumushni ham o‘rgatib bo‘lmay qoldi.

Darrov «majburiy mehnat» deya bong uriladi. Yaponiyadek rivojlangan davlatning maktablarida farrosh degan shtat yo‘q. Yoshlarni bilimga, mehnatga, kasb-hunarga, kattani hurmat qilishga ta’lim maskanidan boshlab, o‘rgatishimiz kerak. Bu haqida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xalqqa qilgan murojaatida umumta’lim maktablaridagi ta’lim-tarbiya masalalari haqidagi yo‘nalishda aytib o‘tdi.

Men doimo aytaman, ommaviy axborot vositalari uchun eshiklar doimo ochiq. Matbuotda, televideniyeda, ijtimoiy tarmoqlarda o‘rtaga tashlangan har bir tanqidiy chiqishni shaxsan o‘zim kuzatib boraman. Agar tanqid xolislik, haqqoniylik va betaraflikka asoslangan bo‘lsa, eng qisqa muddatlarda yechimi ta’minlanib kelmoqda. Ishonamanki, bundan keyin ham xolislikka tayangan, xalq manfaatini ko‘zlagan holda samarali jamoatchilik nazoratini davom ettirasizlar.

Yana bir masala – barcha ommaviy axborot vositalarini, blogerlarni ochiq eshiklar tamoyili asosida hamkorlikka chaqiramiz. Xato va kamchiliklar, tanqidlar to‘g‘ri bo‘lsa tan olamiz. Tanqidning mevasi shirin, degan ibora bor xalqimizda. O‘rinli, asosli tanqidni hurmat qilish, yoqmasa ham qabul qilish kerak. Aslida tanqiddan emas, maqtovdan qochgan yutadi. Tanqid qasddan qilinmasa, doimo uni to‘g‘ri qabul qilamiz.

Biz bundan keyin ham fuqarolarimizning og‘irini yengil qilish, viloyatimizda aholi turmush darajasini yuksaltirish, jamiyatda adolat tamoyilini mustahkamlash, shuningdek, viloyat ahli bilan uzviy muloqotni yangi bosqichga olib chiqishda ommaviy axborot vositalari va blogerlarga suyanamiz, hamkorlikni yanada kuchaytiramiz.

 

M. Sulaymonov, 
M. Qodirov olgan (surat), O‘zA