Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorov: savolga javob, muammoga yechim albatta, topiladi
11:36 / 2020-12-20

Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sharqiy harbiy okrug ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan tadbirda shahar hokimligi, sektor, tegishli tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda 130 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ularning murojaatlari, o‘z yechimini kutayotgan 150 ta masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’kidlash joizki, sayyor qabulda hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmadi. Fuqaro tomonidan bildirilgan masala murojaatlar ro‘yxatiga olinib, bajarilish muddatlari belgilab berildi.

Viloyat hokimi sayyor qabul davomida uy-joy va yer masalasi, moddiy yordam ko‘rsatish, ish va ish haqi, tadbirkorlik va imtiyozli kredit ajratish kabi o‘nlab masalalarga aniq va tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli idora rahbarlariga topshiriqlar berdi.

-Savolga javob, muammoga yechim albatta, topiladi. Faqat fuqarolarimiz ham, ijro organlarimiz ham muammoning ichiga kirib, amalda hal etish chorasini topsalar kifoya, - dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.

Bunday sayyor qabullarda ko‘plab muammolar ijobiy hal etilmoqda. Quvonarlisi, xalqimizning huquqiy madaniyat yuksalib bormoqda, murojaatlarda o‘z manfaati uchungina emas, jamiyat uchun nafi tegadigan taklif va masalalarning borligi bundan dalolat berib turibdi.

M. Sulaymonov, O‘zA