Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorov: klasterlar paxta ekishdan to tayyor kiyimlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yagona texnologik zanjirni shakllantirishi kerak
09:32 / 2021-08-19

Farg‘ona tumanidagi “Bahodir Log‘on” paxta-to‘qimachilik klasteri bugungi kunda yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Qishloq xo‘jaligi sohasida klaster usulining joriy etilgani bugun katta samara berishni boshladi. Muhimi, xom ashyoni chuqur qayta ishlab, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot tayyorlash va uni eksport qilishdan katta daromad olinishiga erishilyapti. Xususan, Farg‘ona viloyatida 12 ta paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari faoliyat ko‘rsatmoqda.  

“Bahodir Log‘on” paxta-to‘qimachilik klasteri jadal rivojlanayotgan bo‘lib, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarin bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilmoqda. Log‘on qishlog‘ida joylashgan klasterga qarashli to‘qimachilik korxonasida Yaponiya, Turkiya, Germaniya va Shveysariyaning zamonaviy uskunalari o‘rnatilgan.Yiliga 10 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega bo‘lib, ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.  Ayni kunlarda bu yerda olti yuz nafarga yaqig qishloq aholisi ish bilan ta’minlangan, ularning aksariyatini yoshlar tashkil etadi.

Davlatimiz rahbari joriy yilning 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur korxona faoliyati bilan tanishdi. Xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, eng muhimi, bozor topish zarurligini ta’kidladi.

Tashrifdan so‘ng o‘tgan qisqa davr mobaynida bu yerda mato to‘qish, matoni bo‘yash va pardozlash hamda tikuv-trikotaj liniyalari uchun yangi binolar qurish ishlari boshlanib, hozirda yakuniy bosqichga yetib keldi. bugungi kunda qurilayotgan yangi yopiq binolarning umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bu uch yo‘nalishda ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi natijasida 6 ming 140 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.  

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov klaster korxonasida bo‘lib, paxta ekishdan to tayyor kiyimlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yagona texnologik zanjir shakllantirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qurilish ishlarini jadallashtirish, Prezidentimizning tashrif chog‘ida bergan topshiriqlaridan kelib chiqqan holda yangi liniyalarni joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish hamda mahalliy aholi, ayniqsa, yoshlar va ayollar uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berildi.

Quva va Yozyovon tumanlari hududini qamragan “Bahodir Log‘on” paxta-to‘qimachilik klasteri dalalarida yillik 35 ming 500 tonna paxta yetishtiriladi. Korxonada hozirda amalga oshirayotgan loyihalar o‘z muddatida ishga tushirilsa, terilgan paxtani to‘la qayta ishlab, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ichki-tashqi bozorga yo‘naltirish imkoniyati yaratiladi.

 

M. Sulaymonov, O‘zA