French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorov: «Joriy yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 45,4 trillion so‘mga yetib, o‘sish ko‘rsatkichi 8 foizni tashkil etadi»
10:29 / 2021-12-20

Ayni paytda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining sessiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatning 2021 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va kelgusi yilning istiqbolli rejalari haqida xalqqa murojaat qilmoqda.

-«Xalq davlatga emas, davlat - xalqqa xizmat qilishi kerak», degan bosh g‘oya bilan inson qadrini ulug‘lash, inson manfaatini ta’minlash tamoyili asosida viloyatimizning 3,9 million nafar aholisiga munosib turmush, mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, kambag‘allar va ishsizlar bilan ishlash faoliyatimizga baho beradigan eng ustuvor mezondir, -deydi viloyat hokimi.- Viloyatda 2021 yilning 11 oyi yakuni bilan barcha sohalarda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,8 foizga, xizmat ko‘rsatish 21,3 foizga, qurilish ishlari 8,9 foizga, chakana savdo aylanmasi 7,1 foizga o‘sdi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 2021 yil yakunlari bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ortig‘i bilan bajarilishi kutilmoqda. Xususan, yalpi hududiy mahsulot hajmi 45,4 trillion so‘mga yetib, o‘sish ko‘rsatkichi 8 foizni tashkil etadi.
 

M. Sulaymonov, 
M. Qodirov (surat), O‘zA