Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorov Istanbul voliysi Ali Yerlikaya bilan uchrashdi
11:54 / 2022-02-22

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi, Turkiyaga amaliy tashrif doirasida Istanbul viloyati voliyligida bo‘lib, Istanbul voliysi (gubernatori) Ali Yerlikaya bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Farg‘ona viloyati va Turkiya, shu jumladan Istanbul o‘rtasida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalarining mavjud holati tahlil qilindi, ularni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat rahbarlarining do‘stona munosabatlari va siyosiy irodalari davlatlarimiz o‘rtasida barcha sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani, o‘zaro hamkorlikning jadallashishiga omil bo‘lgani alohida qayd etildi.

Farg‘ona viloyati va Istanbul o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish uchun hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud ekani ta’kidlanib, bu borada amaliy natijadorlikka erishish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

M.Sulaymonov, O‘zA