Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorov: “Ilmli inson jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladi”
11:47 / 2023-05-25

Farg‘ona viloyatidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari shukuhli va hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi 5-umumta’lim maktabida “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirda ishtirok etdi. Maktab jamoasi va o‘quvchilarni, tadbir ishtirokchilarini samimiy tabriklagan viloyat hokimi Prezidentimizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan, fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga viloyat hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi. Yuqori natijalarga erishgan yoshlarning ota-onalari va o‘qituvchilari ham e’tirof etildi.

[gallery-12044]

– Bugungi tadbirlar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etilayotgani bejiz emas. Chunki puxta bilim va hunarga ega bo‘lgan inson o‘z oldiga qo‘ygan barcha maqsadlarga erisha oladi, – dedi X.Bozorov. – Ma’rifat, ilm-fanga e’tibor yurt taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi, shu bois mamlakatimizda ta’lim sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi. Jamiyatda o‘qituvchining nufuzi, obro‘si oshmoqda, yoshlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning bunyod etilishi farzandlarimiz uchun katta imkoniyatlar yaratayotganini alohida ta’kidlash lozim. Maktab bitiruvchilariga mustaqil hayotda omad va zafarlar tilayman. Ilmli inson jamiyatda ham doimo o‘z o‘rnini topa oladi. Shu bois ham o‘qib, o‘rganinglar, ilm olishdan sira charchamanglar.

Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida viloyatda 39 ming 973 nafar 11-sinf o‘quvchilari maktabni tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda. Ularning 1 ming 300 ga yaqini oltin hamda 200 nafari kumush medal bilan bitirishlari kutilmoqda. Shuningdek, bu yilgi bitiruvchilarining 387 nafari muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalari talabasiga aylangan.

 

M.Sulaymonov,  

M.Qodirov olgan surat