Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrullo Bozorov Farg‘ona “Kelajak liderlari” klubining faxriy rahbari bo‘ldi
11:19 / 2021-08-27

Davlatimiz rahbarining joriy yil 13 iyuldagi «Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq Farg‘ona viloyatida ham “Kelajak liderlari” klubi tashkil etildi.

Davlat xizmati uchun yangi avlod kadrlarini shakllantirish, yoshlarni, ayniqsa, yosh xotin-qizlarni davlat xizmatiga keng jalb etish, davlat xizmatining jozibadorligini oshirish hamda yosh istiqbolli kadrlardan rahbarlik lavozimlariga zaxira shakllantirishda mazkur klubning o‘rni katta.

Taqdimot marosimida so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov buni alohida ta’kidlab, yosh liderlarni mas’uliyatli vazifa va bildirilgan ishonch bilan qutladi.

“Kelajak liderlari” klubi a’zoligi uchun o‘tkazilgan 4 bosqichli ochiq tanlovda 700 dan ziyod 20 yoshga kirgan va 35 yoshdan oshmagan viloyat yoshlari ishtirok etib, ulardan 50 nafari saralab olindi. Tadbirda ularga viloyat hokimligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyat filiali qoshida tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubining a’zolik sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

[gallery-3611]

– Davlat xizmatchisi bo‘lish uchun biz yoshlarga bilim, malaka va hayotiy tajriba kerak, – deydi Farg‘ona jamoat salomatligi instituti talabasi Mohlarbegim Xo‘jayeva. – Klubning tashkil etilishi esa katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida o‘z kuch-g‘ayratimizni safarbar etib, albbatta ishonchni oqlaymiz.

Tadbir davomida viloyat hokimi “Kelajak liderlari” bilan suhbatlashib, klub faoliyatini samarali tashkil etish, bunda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida fikr almashdi. Klub a’zolari yakdillik bilan viloyat rahbariga Farg‘ona “Kelajak liderlari” klubining faxriy rahbari bo‘lish taklifini ilgari surdi va bu taklif Xayrullo Bozorov tomonidan qabul qilindi.

 

 

M. Sulaymonov,

O‘zA M. Qodirov (surat),O‘zA