Xayrli tashabbus: Samarqanddagi tarixiy obidalar va muzeylarga kirish bepul
Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi ayni paytda umumta’lim maktablari, akademik letseylar, kasb-hunar maktablari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining kishki ta’tili joriy yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan ana shunday tashabbus bilan chiqdi.
Bugundan 24 yanvarga qadar talaba va o‘quvchi yoshlar viloyatdagi barcha tarixiy obidalar va muzeylarga chipta xarid qilmasdan kirishlari mumkin.
– Maqsad – yoshlarning ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, yurtimiz tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratish, – deydi Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari – turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i
R.Qobilov, O‘zA