Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrli tashabbus davom etmoqda
13:57 / 2022-11-01

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Buxoro shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan “Muruvvat” uyida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir bunga yaqqol misoldir.

Tadbir avvalida bojxona xodimlari “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi. Shundan so‘ng mazkur hududda mevali bog‘ tashkil etish niyatida ko‘chatlar o‘tqazishga kirishildi.  Bojxona xodimlari  tomonidan 200 tupdan ortiq ko‘chatlar ekildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan moliyalashtirilgan  Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, bojxonachilar tomonidan “Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona posti hamda “G‘ijduvon” TIF bojxona postlarida mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.  

Eng muhimi ko‘chatlarning turi hamda navlari  hududning iqlimidan kelib chiqqan holda tanlanmoqda. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, “Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona posti viloyatning Olot tumanida joylashgan. Bu yerning iqlimi keskin kontinental ekanligini inobatga olgan holda iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.  “Yashil makon” umummilliy loyihasi davomida boshqarma tomonidan 3 ming 200 tup ko‘chat o‘tqazish rejalashtirilgan.  

 

Zarif Komilov, O‘zA