Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrli ishlar davom etmoqda
19:16 / 2020-03-24

Bu kabi amalga oshirilayotgan xayrli tadbirlar yoshlar oʻrtasidagi bir-birlariga boʻlgan mehr-oqibatni mustahkamlashda turtki boʻladi.


Mamlakatimiz aholisi boshidan sinovli kunlarni oʻtkazayotgan bir paytda joylarda amalga oshirilayotgan keksalar, kam taʼminlangan va nogiron insonlar holidan xabar olish kabi ezgu ishlar kun sayin ortib bormoqda.

Jizzax viloyati Zomin tumanida amalga oshirilgan xayrli tadbirlardan biri “Biz yoshlar virusdan qoʻrqib vahima qilmaymiz, gigiyenaga rioya qilamiz, xalqimiz uchun niqoblarni tekinga tarqatamiz” shiori ostida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Zomin tuman kengashi, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamda veterinariya boʻlimi tashabbusi bilan aholiga 2 mingdan ziyod himoya niqoblari tekinga tarqatildi.

Bu kabi amalga oshirilayotgan xayrli tadbirlar yoshlar oʻrtasidagi bir-birlariga boʻlgan mehr-oqibatni mustahkamlashda turtki boʻladi.