Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrli ishlar bardavom bo‘lsin
14:01 / 2023-06-27

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Sovlig‘or MFYda yashovchi Roziya Nagimovaning farzandi tuman ichki ishlar bo‘limida xizmat vazifasini o‘tash vaqtida bevaqt vafot etgan.

Tuman hokimligi va shu hudud  3-sektor rahbari tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tashabbusi bilan Roziya Nagimovaning yashash sharoiti o‘rganilib, oilaning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida uyining tom qismi to‘liq ta’mirlab berildi. Bu xayrli ishga “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 26 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Roziya opa Nagimova ushbu xayrli ishlarni tashkil etgan tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, Vatan uchun xizmat qilganlarning xizmati Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida ekanidan mamnun bo‘lib, duoga qo‘l ochdi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.