Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayrli ish: yetti nafar bola ota-onasi bag‘rida ulg‘ayadi
14:17 / 2021-12-14

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan aliment undiruviga oid ijro hujjatlari yuzasidan to‘rtta oila yarashtirildi. Yarashtirish chog‘ida taraflarga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va oila qonunchiligida er-xotinning huquqlari va majburiyatlari tushuntirildi.

Buxoro viloyati MIBning Vobkent tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshku tumanlararo sudining 2021 yil 24 iyuldagi qarzdor S.Inoyatovdan undiruvchi Z.Latifova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun, Peshku tumanlararo sudining 2021 yil 21 sentyabrdagi qarzdor A.Baxshilloyevdan undiruvchi O.Ostonova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish ijro hujjati bo‘yicha taraflar o‘rtasida yarashtirish chorasi ko‘rildi.

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshku tumanlararo sudining 2021 yil 10 noyabrdagi qarzdor F.Atoyevdan undiruvchi G.Badriddinova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2021 yil 22 oktyabrdagi qarzdor H.Tursunovdan undiruvchi M.Temirova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish ijro hujjati bo‘yicha taraflar yarashtirilib, oilalar tiklandi.
Natijada yetti nafar bolalar ota-onasi bag‘rida ulg‘ayadigan bo‘ldi.

 

Zarif Komilov, O‘zA