Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xayriya videolari niqobidagi firibgarlik fosh bo‘ldi
11:31 / 2026-02-25

Toshkent viloyat IIBB Ramazon oyi munosabati bilan yangi kiberfiribgarlikdan ogohlantirmoqda. Viloyat IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan monitoring hamda fuqarolar murojaatlari asosida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida navbatdagi kiberfiribgarlik fosh etildi.

Xususan, Buxoro viloyatida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan shaxs M.D. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bemor bolalar nomidan joylashtirilgan ehson videolarini yuklab olib, ularni qayta ishlab, montaj qilgan. U asl videodagi bank karta raqamlarini o‘zgartirib, boshqa karta ma’lumotlarini joylashtirgan.  

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, ushbu shaxs 2025-yil oktabr oyidan fosh etilgunga qadar onasiga tegishli bank kartasiga 2 mingga yaqin tranzaksiya orqali jami 161 million so‘m tushirgan. U bu mablag‘ni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.Musayev, O‘zA